1. «MyMusic» xizmatining tavsifi:
«MyMusic» xizmati real vaqtda Ucell kompaniyasi Abonentlariga, standart gudoklarni musiqiy fragmentga (melodiya) almashtirish imkonini beradi. Abonent «MyMusic» xizmatini ulaganda, quyidagi funksional to’plamni oladi:
2. «MyMusic» xizmatini yoqish va o’chirish:
2.1. «MyMusic» xizmatidan foydalanish uchun Abonentda quyidagilar mavjud bo’lishi kerak:
2.1.1. Abonent qurilmasi – mobil telefon;
2.1.2. «MyMusic» xizmati veb-saytiga rbt.cmc.uz kirish uchun Internet tarmog’iga amaldagi ulanish yoki 8080 qisqa IVR raqamiga qo’ng’iroq orqali xizmatni ulash uchun faol abonentning SIM-kartasi.
2.2. Xizmatni veb sayt orqali yoqish uchun, Abonent abonent raqamini kiritish va unga jo’natilgan sms parolni kiritish orqali ro’yxatdan o’tishi kerak bo’ladi.
2.2.1. Xizmatni IVR orqali yoqish uchun, Abonent qisqa 8080 raqamiga qo’ng’iroq qilib, ovozli yordamchining ko’rsatmasi orqali, o’ziga yoqqan musiqani tanlab, mobil qurilmasida tugmani bosish yo’li bilan obunani rasmiylashtirishi mumkin.
2.3. Xizmat «Coscom» MChJ (тм. Ucell) mobil operatori tarmog’i doirasida taqdim etiladi.
2.4. Xizmatga birinchi marotaba obuna bo’lganda, Abonentga obunani bekor qilish yo’li, Abonent to’lovi narxi va qo’shimcha ma’lumot olish uchun Call-markazning raqami ko’rsatilgan sms-xabar kelib tushadi.
2.5. Sinov davri davomida Abonent Xizmatni bekor qilsa, Xizmatga qayta ulangan holda, abonentga sinov davri boshqa berilmaydi.
2.6. Xizmatga obuna bo’lgan va Abonent to’lovi o’z vaqtida to’langan sharti asosida, Internet tarmog’iga kirishi bo’lgan holda, Abonent sayt orqali yoki qisqa IVR 8080 raqamidagi Interaktiv ovozli menyu orqali istalgan vaqtida xizmat bilan foydalana oladi.
2.7. Xizmatni bekor qilish quyidagi usullardan biri orqali amlga oshirilishi mumkin:
3. Xizmat uchun abonent to'lovi:
Xizmatni tariflash xizmatdan 24 soat foydalanganlik uchun QQSni hisobga olgan holda 1000 so‘m, va 12 soatlik xizmatdan foydalanganlik uchun QQSni hisobga olgan holda 500 so‘m miqdorida xizmat tarifiga muvofiq amalga oshiriladi.
4.1. MyMusic RBT xizmati, xizmat uchun Abonent to’lovi vaqtida amalga oshirilgan shartida, real vaqtda Ucell Abonentlariga musiqiy fragmentlar to’plami bilan foydalanish va standart gudoklarni musiqiy fragmentga almashtirish imkonini taqdim etadi.
4.2. Xizmat Internet tarmog’i va mobil aloqaga kirish mavjud bo’lsa taqdim etiladi.
4.3. Ucell Abonentlari uchun xizmat ulangan bo’lsa, xizmat doirasidagi kiruvchi va chiquvchi mobil internet-trafik tarifikatsiyalanadi.
4.4. Abonent boshqa operatorlarning internet-trafigini ishlatsa, kiruvchi va chiquvchi internet-trafik boshqa operatorlarining belgilangan tariflari bo’yicha hisolanadi.
Ko’p beriladigan savollarda taqdim etilgan javoblardan abonent javob topmasa, «MyMusic» RBT xizmat bo’yicha boshqa savollar paydo bo’lsa – Cron Mobile Content kompaniyasining Call-markaziga (ish vaqti: kechayu-kunduz) quyadagi raqam orqali murojaat qilishi mumkin: +998712004555
5.1 Xizmatni Safari, Google Chrome, Mozilla Firefox brauzerlarining so’nggi versiyalari bor bo’lgan barcha mobil qurilmalarda ochish mumkin.
5.2 Dastur va xizmat hamkor «Kron Telekom Netvork» MChJ (Cron Mobile Content) tomonidan taqdim etiladi.
RBT MyMusic © 2024 standart gudoklarni musiqa yoki hazillarga almashtirish xizmati. Ucell abonentlari uchun.
